Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Milliy gvardiya xodimiman» deb maqtanish fojiaga sabab bo‘ldi

«Milliy gvardiya xodimiman» deb maqtanish fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 18-fevral kuni soat 19:30 larda 23 yoshli Ag‘zamjon X. Toshkent shahri Yashnobod tumani Katta Qo‘yliq MFYda joylashgan «Raimjon ota» kafesida tanishi 28 yoshli Bobomurod M. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilishadi. Suhbatlari davomida Bobomurod M. o‘zini «Milliy gvardiya va IIB xodimiman» deb uni shaxsiyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qiladi. Ag‘zamjon X. «senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar» deb unga nafrat bilan qaraydi. Shu kuni soat 01:00 larda Bobomurod M.ni Katta Qo‘yliq MFY hududidagi yer osti yo‘lagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qo‘llari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Natijada Bobomurod M. olgan tan jarohatlarining oqibatida voqea joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Ag‘zamjon X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida marhum Bobomurod M. «Milliy gvardiya» xodimi emasligi, 2-guruh nogironi bo‘lib, hech qayerda ishlamasligi, Ag‘zamjon X. esa mardikorlik bilan shug‘ullanib bir necha marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring