Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHda raisligi davridagi to‘rtta asosiy maqsadni aytib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHda raisligi davridagi to‘rtta asosiy maqsadni aytib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashhoboddagi MDH a’zo-davlatlar rahbarlari sammitida nutq bilan chiqar ekan, 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi davrida qaysi masalalarga diqqat-e’tiborini qaratishi to‘g‘risida so‘zlab bergan. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishi davomida O‘zbekiston Respublikasi Hamdo‘stlikning zamonaviy dunyodagi rolini yuqori baholashini va shu bilan birga, MDHning rivojlanishi bo‘yicha yangilangan konsepsiyani tezroq qabul qilinishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

«Ilgarigi konsepsiya 10 yil muqaddam qabul qilingan edi. U zamonaviy voqeliklarga javob bermaydi. Biz barcha jabhalarda ko‘ptomonlama, shu jumladan, MDH doirasida ikkitomonlama asosda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi tarafdorimiz», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

U O‘zbekistonning MDHda raisligi davrida rivojlantirmoqchi bo‘lgan maqsadli yo‘nalishlarni sanab o‘tdi. Bularning qatorida:

  •  savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va kuchaytirish, jumladan, transport va logistika masalalarini ishlab chiqish;
  • qolgan barcha tuzulmalarning samarali faoliyatini tasavvur qilib bo‘lmaydigan yo‘nalish - ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
  • mintaqaviy xavfsizlik, transchegaraviy taxdidlar – terrorizm, narkotrafik, jinoyatchilik kabilarga qarshi kurash.

«Biz kuni-kecha qo‘shtirnoq ichidagi «demokratik saylovlar»i o‘tgan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham tashvishdamiz. Natijalar qanday bo‘ladi, u yerdagi, ayniqsa mamlakat shimolidagi vaziyat qanday o‘zgaradi qabilidagi savollar bizni xavotirga soladi, shubhasiz» – dedi O‘zbekiston prezidenti.

U do‘stona qabul uchun turkman hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedovga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, Turkmaniston bu yilgi MDH davlat rahbarlari forumiga yuqori marra qo‘yganini va O‘zbekistonga endilikda bu marraga mos bo‘lish oson bo‘lmasligini aytib o‘tdi. Umuman olganda, O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi davrida — yil davomida 60 ga yaqin tadbir, xususan, MDH a’zo-davlatlari viloyatlari birinchi forumi hamda mamlakatlar savdo-sanoat palatalari raislarining majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring