Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya bo‘limi mansabdorining ajabtovur ishlari fosh bo‘ldi

Moliya bo‘limi mansabdorining ajabtovur ishlari fosh bo‘ldi

Foto: «krasnoenews.ru»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Olmaliq shahar moliya bo‘limi mudiri sobiq o‘rinbosari I.S.ning (hozirda Ohangaron shahar moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari) ajabtovur ishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

U mansabdor  «T.M.» MChJga ta’sischilik qilgani holda ushbu korxonani norasmiy boshqarib, budjet tashkilotlariga narxi 493 mln. so‘mlik mahsulotlarni 591,2 mln. so‘mga qimmat narxda o‘tkazib, 98,1 mln. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bundan tashqari  korxona hisob raqamiga kelib tushgan 977,8 mln. so‘mni korporativ plastik kartasiga o‘tkazib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hamda budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 221,5 mln. so‘m daromad solig‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan.

Shuningdek, I.S. «ishlab topgan» pullarga «Gentra» va «Damas» rusumli avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtiradi.

Mazkur holat yuzasidan I.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring