Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadan Toshkentga va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga chiptalarni xarid qilgan yo‘lovchilar diqqatiga!

Moskvadan Toshkentga va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga chiptalarni xarid qilgan yo‘lovchilar diqqatiga!

Foto: «Airways.uz»

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi mart oyida bekor qilingan Moskvadan Toshkentga va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga chiptalarni xarid qilgan yo‘lovchilarga murojaat qildi.

«Mart oyida bekor qilingan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga bo‘lgan qatnovlarga chiptalarni xarid qilgan yo‘lovchilar diqqatiga!

2020-yil 17-mart kuni Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab chet el fuqarolarini Moskvaga va O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib chiqish uchun qatnov amalga oshiriladi.

Toshkentdan ketish vaqti — soat 10:00 da, Moskvadan — soat 13:00 da, mahalliy vaqt bilan.

Tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun biz birinchi navbatda 16, 17, 18-mart kunlari bekor qilingan qatnovlarning yo‘lovchilari qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar kelishi bilan vaqtincha joylashtirish punktiga jo‘natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent shahri aeroportida kutib olmaslikni so‘raymiz.

Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga +998 (71) 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qiling».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring