Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mourino Eldor Shomurodovdan umidini uzdi

Mourino Eldor Shomurodovdan umidini uzdi

«Roma» klubi 28 iyul kuni mavsum oldi so‘nggi xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Italiyadan Isroilga jo‘nab ketdi.

Bosh murabbiy Joze Mourinoning «Tottenhem»ga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yiniga olib borgan tarkibidan uch nafar futbolchi – Eldor Shomurodov, Karles Peres va yarimhimoyachi Jordan Veretuni chiqarib tashladi. Ularning o‘rniga yangi o‘yinchilar, jumladan Paulo Dibala yig‘inga qo‘shilgan.

Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov mijozining «Roma» bilan Isroildagi yig‘inga bormagani, uning yangi jamoaga o‘tishi bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.

«Bunday qarorga Rim klubi bilan kelishilgan holda kelindi. Bu Eldor Shomurodovning tez orada jamoasini o‘zgartirishi bilan bog‘liq. Ijara asosida bo‘ladimi yoki to‘laqonli transfermi, hozircha noma’lum», - deydi Mo‘minov «Match TV» saytiga bergan intervyusida.  

Hozirda Eldorga A Seriya jamoalaridan qiziqishlar mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring