Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi tomonidan “Murg‘ak qalb” aksiyasi tashkil etildi

Adliya vazirligi tomonidan “Murg‘ak qalb” aksiyasi tashkil etildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Murg‘ak qalb” aksiyasi tashkil etilmoqda. Aksiya doirasida poytaxtimizda Xalqaro NNT O‘zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlari Uyushmasi “UTID” bilan hamkorlikda an’anaviy xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Karantin qoidalariga amal qilgan holda, mazkur xayriya tadbirlarida Respublika Ixtisoslashtirilgan Pulmonologiya va Ftiziatriya IATM Bolalar o‘pka sili hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti I va II bolalar bo‘limida davolanayotgan bolajonlar, kam ta’minlangan oila farzandlari va yetim bolalar xolidan xabar olindi. Ushbu bo‘limlarda davolanayotgan bemor bolalarning ro‘yxati shakllantirilib, bemor bolalar va ularning oila a’zolari uchun zarur gigiyena vositalari, kiyim –kechak, kundalik ehtiyoj buyumlaridan iborat bo‘lgan sovg‘alar to‘plamlari, tibbiyot xodimlari uchun esa tibbiy qo‘lqoplar o‘z egalariga topishrildi.

Asosiy maqsad, ularning huquqlarini himoya qilish, baxtli bolalikka ega bo‘lishlari uchun yaratilayotgan sharoitlardan foydalana olish huquqi borligini bolajonlarning yaqinlariga tushuntirishdir .

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bu borada Adliya vazirligi bundan roppar osa 1 yil avval yaratilgan bolahuquqlari.uz portali yosh avlodning huquqiy bilimini oshirish, bolalarda kichik yoshdanoq qonunga hurmat ruhini tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda ota-onalarga mo‘ljallangan ushbu saytdan bugungi kunda ko‘plab  foydalanuvchilar  bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan ma’lumotlarni olib,  huquqiy bilimlarini yanada oshirishlari uchun ko‘makchi bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring