Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu» skauti Eldor Shomurodov ikkita gol urgan o‘yinni kuzatib bordi

«MYu» skauti Eldor Shomurodov ikkita gol urgan o‘yinni kuzatib bordi

«Manchester Yunayted» klubi skauti Krsto Kilibarda Rossiya chempionatining 8-turida bo‘lib o‘tgan «Lokomotiv» — «Rostov» o‘yinini kuzatib bordi.

Xabar qilinishicha, ingliz klubi mutaxassisi aynan qaysi futbolchining o‘yinini baholab borgani hozircha ma’lum emas. Hozirga qadar «Manchester Yunayted» klubi «Lokomotiv» yoki «Rostov» tarkibida biror futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabar qilinmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» — «Rostov» bahsida 1:2 hisobi qayd etildi va mehmon jamoa tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ikkita gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etgan edi.

Eldor Shomurodov Rossiya chempionatida joriy mavsum 8 ta o‘yinda 7 ta gol kiritib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring