Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nafasov ishi». Federatsiya e’tiroz bildirdi, biroq...

«Nafasov ishi». Federatsiya e’tiroz bildirdi, biroq...

Shu yilning 15-avgust kuni saytimizda «Nurxon Nafasov nima(lar) norozi?» sarlavhasi ostida kulchadek xabar berilgandi. Unda O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasining sobiq va sodiq rahbarlari (ta’bir joiz bo‘lsa, albatta) o‘rtasidagi nizo, shuningdek, Nurxon Nafasov va boshqalarga oid jinoyat ishi JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rilayotgani xususida axborot berilgani yodingizda bo‘lsa kerak.

Shuningdek, xabar nihoyasiga N.Nafasov mojaroli tarzda vazifasidan chetlatilishi ortidan «O‘KMFning tegishli yig‘ilish qarori va 27.09.2018-yildagi 1-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida» fuqarolik ishlari bo‘yicha (FIB) Shayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qilgandi, biroq fuqarolik ishi salkam bir yildan buyon poyoniga yetmagani ham qistirib o‘tilgandi.

Xabar e’lon qilinganidan besh kun o‘tib, Karate milliy fereratsiyasi vakili tahririyatimizga yozma e’tiroz bilan murojaat qildi. E’tiroz xabarning «...fuqarolik ishi o‘n bir oydan beri «dam yeb» yotgani» qismiga oid bo‘lib, unda bu hol qonuniy ekani ta’kidlanadi. Ya’niki, fuqarolik ishi ayni paytda ko‘rilayotgan jinoyat ishiga bog‘liq ekani bois FIB Shayxontohur (jinoyat ishi yuzasidan qaror chiqarilguncha) N.Nafasov da’vosiga asosan qo‘zg‘atilgan «ish»ni to‘xtatib turish haqida ajrim chiqargan va bu (ajrim) qonuniy kuchda. E’tiroz shuki, e’lon qilingan xabarda fuqarolik sudidagi holatga urg‘u berilishi ortidan OAV sudga ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini yuzaga keltirmoqda.

Tahririyat vakilning e’tirozi bilan kelishmaydi.

Sabab?

«Xabar.uz» na jinoyat, na fuqarolik ishi tafsilotlarini bayon qilib, qanday hukm yoki qaror chiqarilishini oldindan bashorat qilayotgani yo‘q. Bor-yo‘g‘i axborot bermoqda, xolos. Buni o‘tayotgan sud majlislariga ta’siri haqida hatto gap bo‘lishi mumkinmas. Taqqos uchun birgina misol: sobiq bosh prokuror R.Qodirov va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha hukmdan avval ozmuncha xabar berilmadimi? Bunday xabarlar sud yoki prokuraturda ishtiboh uyg‘otmaganini ta’kidlash ortiqcha.

Ikkinchidan, qo‘shimcha jurnalistik surishtiruvda aniqlandiki, saytimizdagi xabardan uch kun, vakil keltirgan e’tirozdan sakkiz kun avval FIB Shayxontohur tuman sudi «O‘KMFning tegishli yig‘ilish qarori va 27.09.2018-yildagi 1-sonli buyruqni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida»gi fuqarolik ishi bo‘yicha ajrim chiqargan ekan. Ajrimga ko‘ra fuqarolik nizosi bo‘yicha ish yuritish tiklanib, 23-avgust sanasiga sud majlisi tayinlangan. Ammo javobgar — federatsiya tomonidan hech kim sud majlisiga kelmagani sabab ishni ko‘rish boshqa kunga qoldirilibdi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring