Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda avtomashina olib qochgan shaxs YTHda halok bo‘ldi

Namanganda avtomashina olib qochgan shaxs YTHda halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Kecha, 7-noyabr kuni soat taxminan 00:35da tanishlari bilan Namangan shahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan avtomashinani olib qochgan 23 yoshli yigit YTH oqibatida halok bo‘ldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 23 yoshli fuqaro N.A. mast holatda bo‘lgan. U o‘zining tanishlari 24 yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan «VAZ-21013» rusumli avtomashinani olib qochishayotganida Pungon-Namangan yo‘lining 68 kilometirida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Sheriklari esa voqea joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring