Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ham to‘rt bemor koronavirusdan sog‘aydi

Namanganda ham to‘rt bemor koronavirusdan sog‘aydi

Foto: SSV matbuot xizmati

Namangan viloyatida to‘rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov va boshqa mas’ullar tomonidan viloyat reabilitatsiya markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘ladi.

– Bugun mening hayotimda unutilmas sana. Xuddi qayta dunyoga kelgandek his etyapman o‘zimni, – deydi bemor.

Eslatib o‘tamiz, hozirda yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 42 nafari ushbu kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring