Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda IIB xodimlari majburan olib ketgan fuqaro hokimlik vakilining qo‘lini sindirganlikda ayblanyapti

Namanganda IIB xodimlari majburan olib ketgan fuqaro hokimlik vakilining qo‘lini sindirganlikda ayblanyapti

Foto: Videodan kadrlar

15-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Namanganda tadbirkorning qo‘lini qayirib, tepib, mashinaga solishdi» sarlavhali xabar tarqaldi. Namangan viloyati IIB matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, IIB xodimlari tomonidan qo‘li qayirilib, majburan mashinaga o‘tqazilayotgan odam aslida tadbirkor emas, qurilish ishchisi bo‘lgan.

Hokimlik vakillari tomonidan tadbirkor tomonidan qurilayotgan ob’yekt noqonuniy ekanligi aniqlanib, voqea joyiga qurilishni to‘xtatish uchun chiqilgan.

Biroq, qurilish ishchisi bunga qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan. Hokimlik vakilini urib, qo‘lini sindirgan. Ishchini tinchlantirish maqsadida IIB xodimlarini chaqirishgan.

Qurilish ishchisi qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, mashinaga solib olib ketilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring