Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda «Malibu-2» sabab tanishini o‘ldirib qo‘ydi

Namanganda «Malibu-2» sabab tanishini o‘ldirib qo‘ydi

Namangan viloyatining Norin tumanida fuqaro o‘zining tanishini oldi-berdi nizosi sabab pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, Norin tumani, «Qozoqovul» MFYda yashovchi D.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Malibu-2» rusumli avtomashinasini 2022 yilning iyul oyida Norin tumani, «Sho‘rariq» MFYda yashovchi S.T. ga o‘zaro kelishuvlariga asosan sotib, shu kuni pulning bir qismini olgan va qolgan qismini keyinchalik oldi-berdi qilishga kelishishgan.

S.T.  kelishilgan pulni o‘z vaqtida bermaganidan so‘ng, D.T. pulni olish maqsadida joriy yilning 30 sentyabr kuni S.T. bilan uchrashgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolishgan va xo‘jalik pichog‘i bilan D.T. ning hayoti uchun muhim bo‘lgan tana qismiga bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

D.T. shifoxonaga olib borilib zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni Norin tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro S.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring