Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimiga biryo‘la ikki o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga biryo‘la ikki o‘rinbosar tayinlandi

Atamurodov To‘lqin To‘ymurodovich Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

To‘lqin Atamurodov mazkur lavozimga qadar «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Sa’dulla Mirzayev Navoiy viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Mirzayev 1977-yil 10-sentyabrda Nurota tumanida tug‘ilgan. Dastlab 2000-yilda Samarqand davlat universiteti (sirtqi), 2008-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasini tamomlagan.

Shu vaqtgacha Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring