Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda 35 gektar sug‘oriladigan yerni pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiyda 35 gektar sug‘oriladigan yerni pullamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida 35 gektar sug‘oriladigan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Qad etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. «Navbahor» MFYdagi 2 nafar fuqaro va 2 ta MChJga tegishli jami 35 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini ularning xabardorligisiz fuqaro S.M.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 82 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring