Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda direktor o‘z joniga suiqasd qildi

Navoiyda direktor o‘z joniga suiqasd qildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 9 sentyabr kuni «Navoiyda maktab direktori Xalq ta’limi bo‘limining bosimi ostida o‘zini osib qo‘ydimi» nomli xabar tarqatildi.

Navoiy viloyati prokuraturasining aniqlik kiritishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M.E joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 15:00larda yashash hovlisidagi olma daraxtiga arqon yordamida o‘zini osib o‘z joniga suiqasd qilgan vaqtda akasi R.F ushbu holatni ko‘rib qolgan va ukasini tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelgan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.

Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.    

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring