Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ota-onasidan bevaqt yetim qolgan uch bolaga tadbirkor uy sovg‘a qildi

Navoiyda ota-onasidan bevaqt yetim qolgan uch bolaga tadbirkor uy sovg‘a qildi

Foto: Xabar.uz

«Biznes fundament» MChJ rahbari tadbirkor Otabek Haydarov tomonidan ota-onasidan erta yetim qolgan 3 nafar bolaga Navoiy shahri markazidagi zamonaviy ko‘p qavatli uylardan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Caption

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Navoiy viloyati kengashi taklifi bilan uy berilgan bu bolalar ota-onasining bevaqt vafotidan keyin 5 yildan buyon Karmana tumanida ijarada yashab kelayotgan buvisi Saodat aya Shukurovaning qaramog‘ida edi.

Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz

Bugun ularning quvonchi cheksiz, saxovatli tadbirkor tomonidan uy bilan birgalikda ayaning ikki nafar o‘g‘il nevarasiga zamonaviy noutbuk hamda qiz nevarasiga tikuv mashinasi hama uy-ro‘zg‘or buyumlari ham sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring