Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda o‘zbek-xitoy dori texnologiyalari parki quriladi

Navoiyda o‘zbek-xitoy dori texnologiyalari parki quriladi

Navoiy viloyatida O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parkining qurilishiga rasman start berildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik va Xitoy Fanlar Akademiyasining «Markaziy Osiyoda dori vositalarini yaratish va amaliyotga joriy etish Markazi» hamkorlikda «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 10 mln. AQSh dollariga teng «Farmakologik faol ingrediyentlarni ishlab-chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki» ni tashkil etish loyihasini amalga oshirmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida 12 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonda dori vositalarining substansiyalarini ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan noyob korxona vujudga kelishi ta’kidlanmoqda.

Mazkur korxonaning qurilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi va 2024-yilning yakuniga kelib ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Biznes-rejaga ko‘ra, 16 turdagi dori vositalarining substansiyalari keng miqyosda ishlab chiqariladi va keyinchalik ularning soni bozor talablariga muvofiq ravishda kengayib boradi.

Shuningdek, loyihaning boshlang‘ich bosqichida 45 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, har yili ish o‘rinlari soni oshirib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring