Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda soliq idorasi xodimlari qo‘lga olindi

Navoiyda soliq idorasi xodimlari qo‘lga olindi

Navoiy viloyat davlat soliq idorasining ikki nafar xodimi 9000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyat Davlat soliq idorasi xodimlari Z.A va B.Shlar MChJga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 10000 AQSh dollari talab qilib, 2022 yil 18 noyabr kuni Navoiy shaharida kimyoviy ishlov berilgan 9000 AQSh dollarini jamiyat rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.A va B.Shlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring