Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Ronaldu uzun yengli futbolkani yaxshi ko‘radi?

Nega Ronaldu uzun yengli futbolkani yaxshi ko‘radi?

Krishtianu Ronalduni maydonda asosan uzun yengli futbolkada ko‘rishga odatlanganmiz. Hatto eng jazirama issiqda ham. Yengi kalta futbolka kiyganmi o‘zi?

Ko‘pchilik muxlislarini qiziqtirgan savolga futbolchining o‘zi javob berdi.

Uning aytishicha, hamma gap irimda. Ronaldu «baxtli» futbolkaga ishonadi.

Ronalduning aytishicha, Yevro-2004 va 2006-yilgi jahon chempionatida u yengi kalta futbolkalarda maydonga tushgan. Har gal yutqazgan.

Portugaliya 2004-yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘z uyidagi chempionat, ayniqsa, finalni boy berish, juda alamli. Gretsiya sensatsion ravishda Yevropa chempioni bo‘lgan.
Germaniya mezbonlik qilgan JCh-2006 da Portugaliya guruhda 9 ochko bilan 1-o‘rinni olgan. Keyingi bosqichda penaltilar seriyasi bo‘yicha Angliyani ortda qoldirgan. Biroq yarimfinalda Fransiyaga yengilgan — 0:1.

Krishtianu Ronaldu o‘shandan beri uzun yengli futbolkalar omad keltirishiga ishonadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring