Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega uzum urug‘ini yutish kerak?

Nega uzum urug‘ini yutish kerak?

Foto: «Mirtesen»

Uzumni yaxshi ko‘rsangiz-u, ammo urug‘ini ajratib olishga erinib (ha, ko‘pchilik shunday qiladi), uni kam iste’mol qilsangiz, quyidagi ma’lumot aynan siz uchun. Chunki mevani urug‘idan tozalashga aslo hojat yo‘q. Bu haqda «Rambler» ma’lum qilgan.

Gap shundaki, uzum urug‘i bir qancha foydali xususiyatlarga ega. Demak, uni yutish zarar emas, aksincha, foydali.

Saratonning oldini oladi

Uzum urug‘ida kuchli antioksidantlar mujassam. Jumladan, tokoferol – ayrim onkologiya turlariga barham berishga qodir: sut bezlari, teri yoki prostatit saratoni.

Qonni tozalaydi

Uzum urug‘i tomirlarni mustahkamlab, qonni zararli moddalardan tozalaydi. Shuning uchun u, ayniqsa, yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlarga tavsiya etiladi.

Soch to‘kilishini to‘xtatadi

Qon aylanishini yaxshilash xususiyati tufayli uzum urug‘i soch to‘kilishiga qarshi kurashib, ildizini mustahkamlaydi.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi

Uzum urug‘i Ye vitaminiga juda boyligi bois ko‘zga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rish qobiliyatini mustahkamlab, ko‘z bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi.

Yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ham ega

Uzum urug‘i kolit, gastrit, peshob yo‘lidagi infeksiyalar va hattoki teridagi muammolarni davolashda ham yordam beradi. Shuningdek, u oshqozonni juda yaxshi tozalaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring