Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, tomonlar o‘zlariga qiziq bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya delegatsiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea deb biladi.

O‘z navbatida, janob Petrov mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Bosh prokurori N.Yo‘ldoshevga samimiy minnatdorlik bildirgan va Rossiya Federatsiyasi Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash hamda prokuratura kadrlarini tizimli o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring