Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning ayrim hududlarida gaz va elektr yo‘qligining sababi ochiqlandi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz va elektr yo‘qligining sababi ochiqlandi

Energetika vazirligi Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining ayrim hududlarida gaz va elektr tarmoqlarida uzilishlarga nima sabab bo‘layotganini aytdi.

Ma’lum qilishicha, sovuq havo harorat tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishi kuzatilmoqda. Buning natijasida hududlardagi, xususan Toshkent shahri va viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda uzilishlar sodir bo‘lmoqda.

Xususan, bugun kun davomida 100dan ortiq elektr va gaz qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilgan.

Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular zarur transport vositalari, qo‘shimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.

Bundan tashqari barcha hududlardagi ko‘cha yoritish chiroqlarining bir qismi o‘chirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yo‘naltirilmoqda.

Shu o‘rinda iste’molchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boshqa xonadonlarning chirog‘i yonishiga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring