Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nizoni tinch yo‘l bilan hal qilganlarga imtiyozlar beriladi

Nizoni tinch yo‘l bilan hal qilganlarga imtiyozlar beriladi

2020-yil 1-iyuldan nizoni mediatsiya orqali hal etgan taraflarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari S.O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

  • sudlarda ish yuritish jarayonida taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, to‘langan davlat boji:
  • birinchi instansiya sudida 100 foiz miqdorda;
  • apellyasiya instansiyasi sudida 75 foiz miqdorda;
  • kassatsiya instansiyasi sudida 50 foiz miqdorda tegishli tarafga qaytariladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Nizolarni sudgacha hal etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirilgan.

Loyiha bilan ayrim davlat boshqaruvi organlari va viloyatlar hokimliklari huzurida nizolarni sudgacha hal qilish apellyasiya kengashlarini tashkil etish va uning asosiy vazifalari, O‘zbekiston hakamlik sudyalari palatasini tashkil etish va faoliyat yo‘nalishlari, hakamlik sudlari faoliyati va mediatsiya institutini ommalashtirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyiha bilan 2020-yil 1-apreldan hakamlik sudi qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilinganda belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanishi tartibini o‘rnatish taklif qilinmoqda.

Loyihaning qabul qilinishi natijasida davlat organlari tizimida nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi joriy etiladi, hakamlik sudlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilmaning tashkil etilishi mamlakatda ushbu institutlarning ommalashishiga hamda sohada qonuniylik ta’minlashga imkon beradi.

Hakamlik sudlari va mediatorlarning faoliyat ko‘rsatish doirasi hamda vakolatlarining kengaytirilishi jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shuningdek sudlardagi ish hajmini kamaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring