Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nomzodlar qanday va’dalar berishdi?

Nomzodlar qanday va’dalar berishdi?

Foto: «Adolat» SDP

O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashining navbatdagi targ‘ibot aksiyasi Bektemir tumanida bo‘lib o‘tdi.

Aksiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va tuman deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar, partiya faollari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 141-«Temiryo‘lchi» saylov okrugidan ko‘rsatilgan nomzod Oydin Abdullayeva barchani birdamlikka chorlab, o‘z saylovoldi dasturini aholiga havola etdi.

Oydin Abdullayeva saylovchilarni saylovoldi dasturida mavjud bo‘lgan ustvor masalalar, xususan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yaratilayotgan har bir qonun aholi o‘rtasida chuqur muhokamadan o‘tishi lozimligini, negaki aholimiz o‘ziga kerakli bo‘lgan har bir narsa va muammolarni juda yaxshi bilishini bildirdi.

Shuningdek, yurtimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarining saviyasini ko‘tarish uchun, avvalo, ta’lim sifatini va xodimlarning malakasini oshirish zarurligini, kelajak avlodning tarbiyasi aynan bog‘chadan boshlanishi, qolaversa, o‘qituvchilar huquqiy maqomini yanada ko‘tarish, ularning ish haqi va ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan birgalikda, joylardagi muammolarni qonun doirasida, hokimiyat yoki tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda hal etishga va’da berishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga ko‘rsatilgan nomzod Farhod Karimovning ishonchli vakili Durbek Vohidov so‘zga chiqib, nomzodning ilgari surayotgan dasturidagi masalalar bilan aholini tanishtirdi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan aksiya fuqarolarga partiyaning g‘oya va maqsadlari bilan tanishish imkoniyatini berish bilan birgalikda, «Adolat» partiyasining nomzodlari va fuqarolarning birgalikda bir davrada bo‘lishlari va muammolarni o‘rtaga tashlash orqali savol-javob qilishlariga imkon yaratdi.

Aksiya ishtirokchilari tomonidan «Adolat» partiyasi nomzodlari ilgari surayotgan g‘oya va maqsadlar iliq kutib olindi va ijobiy baholandi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring