Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Novosibirskdagi portlash tasvirga tushib qoldi (video)

Novosibirskdagi portlash tasvirga tushib qoldi (video)

Foto: «nsk.kp.ru»

Novosibirskdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Ushbu holat aks etgan video internetda tarqala boshladi. Kadrlarda ulkan olov qanday qilib havoga ko‘tarilgani aks etgan.

Hodisa Gusinobrodskoye shossesining 60-qismida sodir bo‘lgan. Yong‘in yuz bergan maydon 800 kvadrat metrni tashkil qilgan.

Gaz ballonlari vaqti-vaqti bilan portlashda davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, olti kishi jarohat olgan, ularning ikkitasi o‘t o‘chiruvchilar. To‘rt nafar jarohatlanganlar kuyish markaziga yotqizildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring