Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkdagi mashhur buqaning shoxi sindirildi (video)

Nyu-Yorkdagi mashhur buqaning shoxi sindirildi (video)

Foto: «Twitter»

Dallaslik Tevon Varlak Manxettenda, Uoll-Stritdan ikki kvartal berida joylashgan bronza buqa haykaliga jiddiy shikast yetkazdi. Bu haqda «CBS New York» telekanali xabar berdi.

Varlak torli musiqa sozi — banjo bilan bronza buqaning o‘ng shoxiga bir necha marta urishi oqibatida o‘sha joyda tirqish hosil bo‘lgan. Politsiyachilar tartibbuzarni darhol ushlashdi, texaslik vandalizm bo‘yicha javobgarlikka tortilishi kutilmoqda.

«Hujum qilayotgan buqa» — Nyu-Yorkdagi eng mashhur ob’yektlardan biri. Uni 1989-yili haykaltarosh Arturo di Modika o‘rnatgan. Buqa shijoatkor moliyaviy umid va gullab-yashnash ramzi sanaladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring