Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Messi «Barselona»ni sog‘inmoqda va qaytishni o‘ylayapti

OAV: Messi «Barselona»ni sog‘inmoqda va qaytishni o‘ylayapti

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytish imkoniyati haqida jiddiy o‘ylamoqda. Bu haqda «FootMercato» portali xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte Messidan jamoada qolishni kutmoqda. U klub futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishiga umid qiladi.

«Messining kelajagi haqida gapirishga hali erta. U ham, rahbariyat ham, prezident ham o‘zaro ko‘p muloqot qilishadi. Agar u qolsa hamma uchun yaxshi yangilik bo‘lishini aytgandim. Bilaman, Messi «Bavariya»ga qarshi o‘yinlardan so‘ng ko‘p tanqidlarga uchradi, biroq Leo mavsumning ko‘p daqiqalarida hal qiluvchi rol o‘ynadi», dedi Galte jurnalistlarga.

Manbaning ta’kidlashicha, Messining o‘zi «Barselona»ni sog‘inib, tezroq u yerga kelishga harakat qiladi, «PSJ» ichidagi vaziyat esa noqulay.

«Barselona» ham sobiq yulduzini qaytarib olmoqchi. Futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta bilan doimiy aloqada, futbolchining o‘zi esa Xavi bilan muntazam muloqot qilib turadi. Xavi jurnalistlar bilan suhbatda Messi uchun «eshiklar doimo ochiq» ekanligini ta’kidlagan.

Biroq, Leoning «Barsa»ga qaytishi ehtimoli klubning moliyaviy muammolari va Ispaniya hakamlar qo‘mitasining sobiq rahbari Enrike Negreira bilan bog‘liq korrupsion mojaro tekshiruv fonida murakkablashmoqda.

Avvalroq Messi katta summa evaziga Saudiya Arabistoniga o‘tishi mumkinligi xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring