Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Messining keyingi taqdiri deyarli hal bo‘ldi

OAV: Messining keyingi taqdiri deyarli hal bo‘ldi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi yozgi transfer oynasida «Al-Hilol»ga o‘tadi, deb xabar beradi AFP.

Nashrning yozishicha, hujumchining transferi «hal qilingan masala», argentinalik futbolchi «ulkan» shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 8-may kuni Messiga Saudiya Arabistonidan rekord taklif tushgani malum bo‘ldi.

Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Messi joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring