Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashkent City hududida «Agrobank» mobil bank ofisi namoyish qilindi

Tashkent City hududida «Agrobank» mobil bank ofisi namoyish qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 20 aprel kuni «Agrobank» ATB tomonidan Tashkent City hududida «Mobil bank ofisi: tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlari rivojlanishning yangi bosqichida» mavzusida press-tur o‘tkazildi.

Unda «Agrobank» ATB Bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz moliya-bank sohasida ham keng ko‘lamli islohotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ham transformatsiya jarayonlarni jadallik bilan olib borayapti va aholi va bank mijozlariga tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda.

Bu borada bank xizmatlari va mahsulotlari qulayligini oshirish, zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan xorijiy banklar tajribasi muntazam o‘rganilib kelinmoqda.

Ayni shu jarayonda xorijiy «Sberbank» va «Ziraatbank» tajribasi asosida xizmat ko‘rsatish hududini o‘zgartira oladigan mobil ofislar faoliyati o‘rganib chiqildi. Bankning uzoq yillik rivojlanish strategiyasi va transformatsiya jarayonlarida ham bank tomonidan mobil ofislar faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Ushbu mobil ofis jismoniy shaxslarga ko‘plab bank xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususan, bankomatdan naqd pul olish, plastik kartalarni to‘ldirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, bir martalik to‘lovlar. Uzcard va HUMO plastik kartalari ochish, kredit olish bo‘yicha ariza koldirish va boshqa bank xizmatlarni taqdim etadi.

Mazkur mobil ofisni tashkil etish maqsadida Agrobank respublikamizdagi tijorat banklari ichida birinchilardan bo‘lib yurtimizda ishlab chikarilayotgan ISUZU HD 50 avtobusini belgilangan qonunchilik asosida qo‘shimcha texnik jihozlash natijasida masofa tanlamas ko‘chma bank ofisini yaratdi.

Hozirda ana shu «Agrobank mobil ofisi» Toshkent shahrida ISUZU HD 50 avtobusi sinov tariqasida xizmat ko‘rsatish uchun barcha kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlanib xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirilgan.

Agrobank kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bank xizmatlari sohasini rivojlantirish va inetraktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring