Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Odamlar sovuqdan qaltirardi» — Kamoliddin Rabbimov Toshkent aeroportidagi holat haqida

«Odamlar sovuqdan qaltirardi» — Kamoliddin Rabbimov Toshkent aeroportidagi holat haqida

Foto: «Xabar.uz»

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Toshkent xalqaro aeroportidagi holat bo‘yicha o‘z taasurotlarini bildirdi.

«Bugun bir yaqinimizni kutib olgani Toshkent xalqaro aeroportiga borgan edim. Aeroportdagi vaziyat borasida o‘z taasurotlarimni bildirmoqchiman. Chunki bu — O‘zbekistonning reputatsiyasi bilan bog‘liq masala.

***

  1. O‘zbekiston – dunyoda yagona davlatki, chetdan uchib kelgan odamlar, aeroportdan tashqariga chiqishda ham qo‘l yuklarini skanerdan o‘tkazishlari shart. Kutish zalidan chiqaverishda aeroport xodimi qo‘l yuklarini skanerdan o‘tkazishni talab qiladi. «Bu mantiqqa zid-ku? Axir biz boshqa davlatda qattiq tekshiruvdan o‘tkanmiz-ku?!» desangiz, «topshiriq shunaqa!» deyishadi. Bu holat, ayniqsa, chet elliklarni juda hayratlantirsa kerak. G‘irt axmoqona ish!
  2. Kech tushgach, tashqarida sovuq minus 10 darajadan pastga tushdi. Lekin, shu sovuqda ham aeroportdan tashqarida odamlar o‘z yaqinlarini soatlab kutishdi. Umradan kelayotgan yaqinlarini kutayotgan yonimdagi odamlar sovuqdan qaltirardi. Shu holatda uch soat kutishgan. Yozda esa Toshkentda 50 gradus issiq bo‘ladi. Lekin, bu aeroport ma’muriyatini qiziqtirmaydi.
  3. Men kutib turganimda Koreyadanmi yoki Xitoydanmi samolyot kelib qo‘ndi va osiyolik sayyohlar chiqa boshlashdi. Aeroport zalidan tashqarisidagi qor kuralmagan. Yo‘l yaxmalak. Bir emas, bir nechta turistning jomadon yuklari yiqilib, shoshib qolishdi. O‘zbekistonga kirayotgan sayyohlar «biz qayerga kelib qoldik» deb qo‘rqib ketishgan bo‘lsa, ajablanmayman...
  4. Aeroportdan chiqish yo‘li hamda shu yerga taksi va boshqa mashinalarni kirish joyi — bitta! Xodimlar shu sovuqda yo‘lovchilarni to‘xtatib, taksilarni kiritayapti. Taksilar kirib olgach, yo‘lovchilarni chiqarishmoqda. Juda ibtidoiy, primitiv va tahqirlovchi tartib. Umuman noto‘g‘ri tartib!

***

Butun dunyoda odamlar aeroportlarni ichida, chiroyli kutish zallarida o‘tirib, yaqinlarini kuzatishadi va kutib olishadi. Lekin O‘zbekistonda emas. Insonlarni qadrsizlash – aeroportdan boshlanadi va aeroportda tugaydi. Har qanday davlat to‘g‘risidagi birinchi taassurot – aeroportdan boshlanadi.

***

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti o‘zbekistonliklarni va xorijliklarni qo‘rqitadi, asabiylashtiradi. Davlat mulozimlari aeroport ma’muriyatiga ta’sir qilib, sal sharoit qilib qo‘yishsa, yaxshi bo‘lardi», deb yozadi siyosatshunos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring