Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olim basseynda koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarini berdi

Olim basseynda koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarini berdi

Foto: «Yandex.ru»

Basseyndagi suv maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilgani uchun ham odamga xavf tug‘dirmaydi, dedi «MISiS» milliy tadqiqot texnologik universiteti fizika-kimyo kafedrasi dotsenti, biologik himoya bo‘yicha mutaxassis Georgiy Frolov «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida.

«Bunday muhitda virus mavjud bo‘lmaydi», — deya izohladi ekspert.

Frolov, shuningdek, koronavirus yuqtirishni istisno qilish uchun basseynga tushishdan oldin va keyin sovunlab dush qabul qilishni tavsiya etadi. Uning aytishicha, virus tanaga tushganda ham, dushda yuvilib ketadi.

«Suzishdan oldin yuz-qo‘llarni shampunlab yuvish, ijtimoiy masofani saqlash zarur», — deya ta’kidladi ekspert.

Frolov, shuningdek, antibakterial salfetka va sanitayzerlardan foydalanish kerakligini eslatib qo‘ydi. Chunki basseyndan chiqqandan so‘ng odam virus zarralari yopishib qolgan yuzalarni ushlashi mumkin.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 7,5 million kishida COVID-19 qayd etilgan bo‘lib, 420 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining yozishiga qaraganda esa jami 7,7 millionta koronavirus holati aniqlangan, 430 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring