Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar halokatli pandemiyadan ogohlantirdi

Olimlar halokatli pandemiyadan ogohlantirdi

Foto: «Yandeks»

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jahondagi birorta ham mamlakat bu kasallikni bartaraf etishga qodir emas.

Grippga o‘xshash dard birdan tarqalishi muqarrar va 36 soat ichida butun sayyoramizni qamrab olishi mumkin, degan xulosaga keldi Jons Xopkins universiteti tibbiy tadqiqotlar markazi olimlari. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

Mutaxassislarning keltirishicha, global pandemiya bir zumda o‘n millionlab insonlar yostig‘ini quritadi. Muqarrar pandemiyani atigi 13 ta davlat yengishi mumkin. Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Gollandiya shular jumlasidan. Biroq, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ular ham uzoq vaqt dosh berolmaydi.

Ispaniya, Germaniya, Italiya, Avstriya va Norvegiyaning global pandemiyaga tayyorgarligi kamroq.

Afrika mamlakatlari immunizatsiya yomonligi bois epidemiyaga qarshi kurashga mutlaqo tayyor emas, deb hisoblaydi olimlar.

Tibbiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari o‘z ma’ruzalarida hukumatlarni zarur tibbiy asbob-uskunalarga mablag‘ ajratishga hamda aholining tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha «o‘quv trevoga»larini o‘tkazishga chaqirdi.

Ayni vaqtda, tibbiyot xodimlarining ta’kidlashicha, hatto kasallik tarqalishini ozgina muddat «to‘xtatib turadigan» mamlakatlar ham epidemiyaga 100 ta punktdan bor-yo‘g‘i 40 tasiga tayyor.

Grippga o‘xshash xastalikning sanoqli soatlarda butun sayyorani qamrab olishiga doimiy sayohat qiluvchilar sabab bo‘ladi.

Halokatli infeksion kasalliklar nihoyatda tez tarqaladi. Samolyotlar vositasida aholi mobilligi tufayli xastalik sanoqli soatlarda bir mamlakatdan butun dunyoga shiddatli yoyiladi, — deyiladi Tibbiy tadqiqotlar markazi ma’ruzasida.

Bundan tashqari, olimlar eng xavfli viruslarning nomini ham ma’lum qilishdi: Ebola, Zika, Nipax hamda grippning beshta turi.

G‘arbiy Nil bezgagi virusi ham odamzodga yashin tezligida qiron keltirishi mumkin — u antibiotiklarga bardoshli. Shuningdek, halokatli kasalliklar ro‘yxatiga qizamiq, o‘tkir sust miyelit, sariq bezgak, denge bezgagi, o‘lat va chechak kiritilgan.

Tibbiy tadqiqotlar markazi ma’ruzasida ta’kidlanishicha, G‘arbiy Afrikada tarqalgan birgina Ebola epidemiyasi 11 ming kishini hayotdan olib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring