Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar: kech ovqatlanish oshqozon-ichak va yurakda muammolarga sabab bo‘ladi

Olimlar: kech ovqatlanish oshqozon-ichak va yurakda muammolarga sabab bo‘ladi

Nyu-Yorkning Kolumbiya universiteti olimlari kech ovqatlanishning sog‘liq uchun havfini ma’lum qilishdi. Bu haqda «REN» nashri yozmoqda.

Tadqiqotlar soat 18:00 dan keyingi kechki ovqat oshqozon-ichak va yurak muammolariga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Soat 18:00 dan keyin oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiladigan ayollarning qonida qand miqdori yuqoriligi, yurak bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, ortiqcha vazn va yuqori qon bosimi kabi kasalliklari kuzatilgan.

Diyetologlarning aniqlashicha, inson organizmi kechasi qabul qilingan kaloriyalarni kerakli maqsadlar yulida boshqara olmaydi.

O‘z navbatida shifokorlar kun tartibiga ko‘proq piyoda yurish va sport bilan shug‘ullanishni kiritish kerak deb tavsiya qiladi. Bundan tashqari, iloji boricha kechki ovqatlardan saqlanishni maslahat berishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring