Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy martabali mehmonlar «Boqiy shahar»da konsert dasturini tomosha qilishdi (foto)

Oliy martabali mehmonlar «Boqiy shahar»da konsert dasturini tomosha qilishdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 10-noyabr kuni Turkiy davlatlar yetakchilari «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» majmuasiga tashrif buyurishdi.

Bu yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

Samimiy muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi.

Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy an’ana va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring