Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud rahbariyati tizimdagi yoshlar bilan gaplashib oldi

Oliy sud rahbariyati tizimdagi yoshlar bilan gaplashib oldi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Sud timizida bir yarim ming nafardan ko‘proq yoshlar faoliyat yuritmoqda. Sudya yordamchisi, arxiv mudiri, devonxona boshlig‘i kabi vazifalarning aksariyatini navqiron avlod vakillari band etgan. Nasib, yaqin kelajakda ularning aksariyati sudya lavozimiga loyiq ko‘rilishining ehtimoli katta.

Huquq sohasida, xususan, sudya lavozimida ishlayotgan mutaxassis boshqa sohaga o‘tkazilsa, ko‘pam qiynalmay ishlab ketishi mumkin. Chunki,  faoliyati qonun bilan tartibga solinmagan sohaning o‘zi yo‘q. Sud tizimida esa faqat  va faqat qonun taniyanib ish ko‘riladi. O‘z navbatida boshqa soha odamini sudga olib kelinishi hatto tasavvurga sig‘maydi. Zero, tizimning o‘zi xos  tartibi, talablari bor. Bu tartib-talablarga huquqshunos shahodatiga ega hammayam javob berolmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbariyatining  tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda asosiy urg‘u bugun tizim xodimlariga qo‘yilayotgan talablarga qaratilgani bejiz emas. Shuningdek, videokonferens-aloqa shaklida o‘tgan tadbirda  Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ilgari surilgan muammo va vazifalarga ham alohida e’tibor qaratildi.  

Oliy sudi raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ishonch masalasida alohida to‘xtalib, sud tizimida ishlayotgan yoshlarning tashabbuskor hamda beshta ustuvor yo‘nalishning faol ishtirokchisi bo‘lishlari, o‘zlarining ustida ko‘proq ishlashlari talab etilishi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish lozimligi, yosh huquqshunos sifatida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning hamda yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarni oldini olishda, shuningdek, joylardagi yoshlar ittifoqi tomonidan olib borilayotgan ishlarning faol ishtirokchisiga  aylanishi lozimligi haqida gapirdi.  Bundan tashqari muhokama qilinayotgan qonunlar va Oliy sud Plenum qarorlari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirishlari lozimligi,  biroq shu kunga qadar sud tizimidagi yoshlarning faolligi ko‘zga tashlanmayotganligini ta’kid etib, buning sabablariga to‘xtaldi. Bunga asosiy sabab sifatida  sud tizimida shu kunga qadar yoshlar yetakchisi saylanmagani ko‘rsatib o‘tildi. shundan kelib chiqib,  ochiq ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining Oliy suddagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti Shavkat Gayberdiyev saylandi.

Tadbir davomida o‘tgan davrda o‘z faoliyatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan, shuningdek yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirib borish va olib bolayogan islohatlar jarayonida alohida o‘rnak ko‘rsatgani uchun 25 nafar sudya va sud xodimlari  Oliy sud  raisi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring