Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona sutining to‘rt asosiy xususiyati ma’lum qilindi

Ona sutining to‘rt asosiy xususiyati ma’lum qilindi

— Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish erta yoshdagi bolalarda uchraydigan aksariyat kasalliklarning oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinara Do‘stmuhammedova.

— Emizikli go‘daklar 6 oylik bo‘lguncha ozuqaga bo‘lgan ehtiyojni ona suti hisobiga qoplaydi. U bu yoshdagi bolalarning rivojlanishini ta’minlovchi eng yaxshi taom hisoblanadi.

Ona suti quyidagi xususiyatlarga ega:

- unga mikroblar tushish ehtimoli yo‘q;

- doimo yangi, harorati 36-37 darajada bo‘lib, bola tanasi haroratiga yaqin;

- oshqozonga asta-sekin va oz-ozdan tushadi va kichkintoy tanasiga taomning tarkibiy qismi to‘la holda parchalanmay so‘riladi.

Bundan tashqari, ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud.

Shu sababli bu bebaho ne’mat bilan ulg‘aygan bolalar har tomonlama yaxshi rivojlanadi. Raxit, kamqonlik kasalligi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi xastaliklar deyarli kuzatilmaydi. Zotiljam bilan esa kamdan kam hollardagina og‘riydilar.

Bola 6 oyga to‘lgach, o‘sayotgan tana ehtiyojlari ona suti tomonidan to‘laqonli qoplanmaydi va belgilangan tartibda qo‘shimcha ovqatlantirishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring