Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OPEK Rossiya bilan raqobatlashmoqchi emas

OPEK Rossiya bilan raqobatlashmoqchi emas

Haysam al-G‘ays.

Foto: «Profile»

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti — OPEKning yangi bosh kotibi Haysam al-G‘ays OPEK a’zo-mamlakatlari Rossiya bilan raqobatlashmasligini ma’lum qildi. Neft qazib oluvchi mamlakatlar xalqaro alyansi uchun Rossiyaning mavjudligi «hayotiy muhim», dedi u Quvaytning «Ar-Ray» gazetasiga intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, neft narxining dinamikasi nafaqat Ukrainadagi mojaro va Rossiyaga joriy qilingan sanksiyalarga, balki zaxira ishlab chiqarish quvvatlari yetishmasligiga ham bog‘liq.

Haysam al-G‘ays rasman bugun, 1-avgustdan OPEK bosh kotibi lavozimida faoliyat boshladi.

Ma’lumot uchun: OPEK va unga a’zo bo‘lmagan davlatlar — OPEK+ (jumladan, Rossiya) o‘rtasida 2017-yildan kelishuv mavjud. U kelishuvda ishtirok etayotgan mamlakatlarda neft qazishni qisqartirish hisobiga narxlarni barqarorlashtirishga qaratilgan, kelishuv shartlari bir necha marta o‘zgartirilgan.


OPEK (The Organization of the Petroleum Exporting Countries) — neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. Shtab-kvartirasi Vena (Avstriya)da joylashgan.

Ko‘pincha kartel sifatida ko‘riladi. 2020-yilning mart oyiga kelib 13 mamlakat a’zo: Angola, Venesuela, Gabon, Jazoir, Eron, Kongo, Kuvayt, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring