Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy: Bayden keyingi saylovda ham qatnashadi

Oq uy: Bayden keyingi saylovda ham qatnashadi

Foto: RBK

AQSh rahbari Jo Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per 13-iyun kuni CNN telekanalida ma’lum qildi.

«Aytishim mumkinki, prezident 2024-yilda nomzodini ilgari surishini bir necha marta ta’kidlagan», — dedi matbuot kotibi.

Avvalroq Bayden AQSh sobiq prezidenti Baraka Obamaga ham 2024-yil uchun rejasini ochiqlaganini «The Hill» nashri yozgandi. Biroq Baydenning reytingi past (33 foiz aholi qo‘llamoqda), bu uning qayta saylanishiga to‘siq bo‘lishi mumkin, deyishmoqda jurnalistlar.

Baydenning «ikkinchi saylovi»gacha ikki yil bor — 79 yoshli siyosatchi buyog‘iga qamchini bosishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring