Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oq uy: Ukrainaga Patriot raketa majmuasi yetkazib beriladi

Oq uy: Ukrainaga Patriot raketa majmuasi yetkazib beriladi

AQSh Ukrainaga yana 1,8 milliard dollar miqdorida harbiy yordam jo‘natadi. Galdagi harbiy paketda Patriot zenit raketa majmuasi ham mavjud. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yordam paketining umumiy qiymati 1,8 milliard dollarni tashkil qiladi. Bundan 1 milliardi Patriot majmuasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yordam paketiga hujum o‘q-dorilari to‘plamlari, yuqori harakatlanuvchi artilleriya raketa tizimi uchun raketalar, minglab artilleriya va minomyot o‘qlari, yuk mashinalari va HARM havo-yer raketalari kiradi.

Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini beradi, deyiladi xabarda. Yangi yordam paketi chorshanba kuni e’lon qilinadi.

Patriot zenit raketa majmuasi Ukrainaga aniq qachon kelishi hozircha aniq emas, chunki ukrainalik harbiylar uchun havo hujumidan mudofaa tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring