Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oq yo‘l, tentakvoy» Nikulin va Durovning eng qitmir hazillari

«Oq yo‘l, tentakvoy» Nikulin va Durovning eng qitmir hazillari

Nikulin ham, Shirvind dahshatli odamlar, har ikkalasi ham. Men, masalan, hech qachon galstuk taqmayman. Bilasizmi, nega? Bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, qandaydir orden bilan mukofotlanishim haqida aytishdi. Soat 24.00 da «Oq uy»ga borishim kerak ekan.

Men bo‘ynimni yuvdim, galstuk taqdim va jo‘nadim.

Borsam, soqchilar tashrifim bilan qiziqishdi. Men ordenga kelganimni aytdim. Ular esa bugun orden berilmaydigan kun ekanligini tushuntirishdi.

Men aniqlashlarini ilmos qildim: axir prezident administratsiyasi taklifiga ko‘ra kelganman-a!

Ular qo‘ng‘iroq qila boshlashdi va qanchalik ko‘p gaplashishsa, shu qadar kuchli hayratdan pogonlari ko‘tarilib ketdi: bilasizmi, Durov, prezident administratsiyasida mukofotlarga oid hamma sahifalarni ag‘darib chiqishdi, u yerda yo‘q ekansiz...

Nimayam qilardim, zinalar bo‘ylab pastga tusha boshladim. Qarasam, Nikulin turibdi. «Har qalay, kelibsan-da, tentakvoy», – dedi mening qari, marhamatli do‘stim.

Men uni sal bo‘lmasa o‘ldirib qo‘yayozdim. Biz mashinani aylanib yugurardik. Men har safar uni tepishga harakat qilar, haqingni oldingmi, deb baqirardim. «Oq uy» ustida davlat bayrog‘i turganiga qaramay, kamina boloxonador so‘zlar bilan haqorat qilardim.

Sal vaqt o‘tmay, men... Hollivuddan ingliz tilida xat oldim. Bu tilni esa bilmayman, maktabda nemischani o‘qitishgan.

Tarjimon izlay boshladim. U aytdiki, mendan tashqari yana Nikulin, Dastin Xofman, Al Pachino va Pol Nyuman ham taklif qilinibdi. Yaxshi tarkib, leb o‘yladim.

Yuraga qo‘ng‘iroq qilib, Hollivuddan xat kelganini aytdim. U hayron bo‘ldi. hazillashmayotganim bilan qiziqdi.

Repetitsiyadan so‘ng Nikulinning huzuriga kirdim. Ko‘rsatdim. Keyin Nikulin ham pochta qutisidan xuddi shunday xat topdi.

Shu bilan hammasi tugadi.

Menga bir-ikki hafta o‘tib ham qo‘ng‘iroq qilishmadi.

Men Nikulin bilan telefon orqali bog‘landim. «Xatda muhr bormi?» – deb so‘radi u. «Bor», – javob berdim men. «Shuni o‘qi», – dedi Nikulin.

Men inglizcha harflar bilan ruscha yozilgan so‘zlarni o‘qiyman: «Oq yo‘l, tentakvoy».

Ammo bir kuni men ham unga boplab hazil qildim: qonuniy dam olish kunida Sank-Peturburgga kinosinovga yubordim. Sinov-pinov yo‘q edi, albatta!

O‘shanda Nikulin telefon orqali 15 daqiqa mobaynida menga kimligimni tushuntirdi.

Lev Durov xotiralaridan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring