Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilar uchun ikki nomdagi ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

O‘qituvchilar uchun ikki nomdagi ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

«Oliy ta’lim a’lochisi» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori bilan ikki nomdagi ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Ushbu ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring