Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar uchun «Spark» va «Lacetti»: XTV ushbu aksiyada yuzaga kelgan muammoni hal etdi

O‘qituvchilar uchun «Spark» va «Lacetti»: XTV ushbu aksiyada yuzaga kelgan muammoni hal etdi

Foto: «drive2.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda «UzAuto Motors» kompaniyasi e’lon qilgan aksiya bo‘yicha o‘qituvchilar «ish joyidan olib borgan ma’lumotnoma salonlarga o‘tmayotgani, ular ma’lumotnomani xalq ta’limi bo‘limlaridan olib kelish lozimligini aytayotgani» kabi muammolarga duch kelayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi, deb xabar berdi XTV matbuot xizmati.

Xalq ta’limi vazirligi «UzAuto Motors» kompaniyasi bilan mazkur masala bo‘yicha muzokara olib borgan.

Muzokara natijasiga ko‘ra, ushbu masalaga oydinlik kiritildi. Ya’ni, umumta’lim maktabi o‘qituvchisi ish joyidan olib borgan ma’lumotnomani dilerlar qabul qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «UzAuto Motors» kompaniyasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring