Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

O‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Foto: PIIMA Axborot xizmati

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) hamda Action Group (Edu-Action) NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar berdi.

Hamkorlik doirasida ta’lim, axborot texnologiyalari, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda tizimli ishlar hamda istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Jumladan, tomonlar o‘qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qiladilar.

Memorandum doirasida ikki tashkilot Agentlik qoshidagi maktablarda IELTS va CAMBRIDGE ENGLISH ASSESMENT xalqaro imtihonlarini tashkil qilish, yo‘nalishlar bo‘yicha malakali o‘qituvchilar va mutaxassislarni tayyorlash uchun choralar ko‘radilar.

Bundan tashqari, Edu-Action Agentlik maktablarini Cambridge va Oxford Universitetlarining nashrlari, McMillan va Collins tashkilotlarining o‘quv materiallari bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.

Tomonlar xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida Agentlik qoshidagi maktablar o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun turli ta’lim seminarlari, mahorat darslari, konferensiyalar, davra suhbatlari o‘tkazishadi hamda boshqa loyihalarni amalga oshirishadi.

Edu-Action tashkiloti PIIMA tizimiga kiruvchi maktab o‘qituvchilari uchun Cambridge English Qualifications (CELTA, TKT va TKT CLIL) xalqaro sertifikatlariga ega bo‘lishlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etishda ko‘mak beradi.

Hamkorlik doirasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi maktablar o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarining chet tillari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring