Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orenburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Orenburgda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

2019-yil 18-oktyabr kuni Orenburg viloyatining Pervomayskiy tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi A.R. voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga tayanib, TIV xabar berdi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilgan: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring