Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘rmonlarni eng ko‘p kim yo‘q qilyapti?

O‘rmonlarni eng ko‘p kim yo‘q qilyapti?

Foto: «RIA Novosti»

Nemislarning «Statista» kompaniyasi 2018-yilda daraxtzorlarni eng ko‘p payhon qilgan mamlakatlar nomini ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkichda Rossiyaga bas keladigani topilmadi. Eng katta hududga ega davlat 2018-yilda qariyb 5,56 million gektar o‘rmonidan ayrildi.

Ikkinchi o‘rinni o‘rtadagi katta farq bilan Braziliya egalladi: 2,95 million gektar daraxtzor.

Uchinchi pog‘onaga 2,1 million gektar o‘rmon bilan Kanada munosib ko‘rilgan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘ringa 2 million gektarlik ko‘rsatkich bilan AQSh yetib keldi.

Dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Kongo Demokratik Respublikasi (1,3 million gektar), Indoneziya (1,2 million gektar), Xitoy (570 ming gektar), Malayziya (438 ming gektar), Madagaskar (366 ming gektar) va Kolumbiya (353 ming gektar) ham  kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring