Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘smir qizlarimizdan medallar shodasi

O‘smir qizlarimizdan medallar shodasi

Saudiya Arabistonining Jidda shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning uchinchi kungi bahslarida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etishdi.

Dastlab musobaqada -61 kg vazn toifasida Madinabonu Jo‘rayeva ikki kurash natijasiga ko‘ra, umumiy 179 kg natija qayd etib, 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

-71 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib borishdi. Ushbu vaznda siltab ko‘tarish mashqida Sevinchoy Komilova 111 kg natija qayd etib, 3-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Boshqa bir hamyurtimiz Nigora Suvonova esa dast ko‘tarishda eng yuqori natijasi 92 kg shtangani o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Nigora Suvonova siltab ko‘tarish maqshlarida 114 kg natija bilan yana bir kumush medani sohibasiga aylandi. E’tiborlisi, ikki kurash natijasiga ko‘ra ham hamyurtimiz ikkinchi o‘rinni band etdi va jahon chempionatidan 3ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring