Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otabek Sattoriy ishi Samarqand viloyati sudida ko‘riladi

Otabek Sattoriy ishi Samarqand viloyati sudida ko‘riladi
Surxondaryolik blogger Otabek Sattoriy ishi uning advokati, «Ezgulik» jamiyati yurist-konsultanti Umid Davlatovning Prezident portaliga yozgan shikoyatiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga o‘tkazildi.
 
Bu haqda «Ezgulik» jamiyati Abdurahmon Tashanov xabar berdi. 
 
Bloggerga nisbatan jinoyat ishi apellatsiya bosqichida Samarqand viloyati sudida ko‘riladi.
 
Jinoyat ishi ko‘rilishi sanasi hali belgilanmagan.
 
Eslatib o‘tamiz, Otabek Sattoriy 2021-yil 10 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida 6 yilu 6 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. 
 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring