Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTM rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi takomillashadi

OTM rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimi takomillashadi

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori (797-son, 23.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida xabar berilgan.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabridan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi amaliyotga joriy etiladi. Ushbu xodimlarning malakasini oshirish markazlarida Ta’lim texnologiyalari kafedrasi tashkil etiladi.

Qaror bilan, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, uzluksiz malaka oshirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
— muqobil malaka oshirish;
— ta’lim dasturlari asosida mazkur kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring