Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘yin paytida futbolchilarni chaqmoq urdi (video)

O‘yin paytida futbolchilarni chaqmoq urdi (video)

Foto: «ATN»

Yamaykada futbol musobaqasi vaqtida maydonni chaqmoq urdi. Bu haqda «Loop Jamaica» xabar bergan.

Noxush hodisa «Uolmer Boys Skul» va «Yamayka Kollej» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida yuz bergan. 82-daqiqada kutilmagan chaqnashdan so‘ng ikki nafar futbolchi yerga yiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yashin maysaga urilgan. Sportchilar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, chaqmoq urishi natijasida boshqa futbolchilar ham shikastlangan. Olingan jarohatlar darajasi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring