Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z joniga qasd qilib, tirik qolgan erkak 7 oyga qamaldi

O‘z joniga qasd qilib, tirik qolgan erkak 7 oyga qamaldi

Foto: «RIA novosti»

Polshada er-xotin birgalikda o‘z jonlariga qasd qilishadi, lekin er tirik qoladi. Radom tuman sudi omon qolgan bu erkakni 7 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Voqea bundan 4 yil avval, 2015-yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan edi. 26 yoshli erkak va uning 20 yoshli rafiqasi o‘z joniga qasd qilishga qaror qilishadi. Ayol vafot etadi, erkak esa jiddiy jarohatlar olgan bo‘lsa ham tirik qoladi.

Prokuratura erni qotillikda aybladi. Biroq sud bunga rozi bo‘lmadi. Sudga ko‘ra, erkak sherigining o‘z joniga qasd qilishini qo‘llab-quvvatlashda aybdor. Shunday qilib, u o‘zganing o‘z joniga qasd qilishiga yordam berganlikda aybdor deb topilib, 7 oyg qamaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring